Nyu-York 2016-yilning mart-aprelida. Ikkinchi qism.

Birinchi qism

Ushbu hikoyaning asosiy qismi Nyu-York shahri metrosiga bagʻishlangan. Metro juda ajoyib, eski; haligacha har xil “topilmalar” topib turaman.

Shaharning baʼzi joylarida lokal xaritani uchratish mumkin. Xaritada joriy joylashuv, atrofdagi koʻchalar va katta masshtabda maʼlumot beriladi. 1

Citi Bike velosipedlar ijarasi. 2

“b62” avtobus yoʻnalishi. 23

“b62” yoʻnalishida yuradigan avtobusning oʻzi. 24

Metroga kirish binolarning tagidagi keyingi eshik sifatida turishi mumkin. 15

Yana kirish trotuarning oʻzida joylashadi. 31

MetroCard (metro kartasi) sotib olinadigan qurilmalar. Avtobuslarga ham shu karta ishlatiladi. 11

Turniketlar. 14

Metro ichida telefon. 12

Nyu-York metrosidagi hamma belgilar, navigatsiya elementlari har doim bir xil formatda, dizaynda yoziladi. Joriy dizayn standartlari 1960-yillarda Massimo Vignelli tomonidan ishlab chiqilgan. Deyarli 70 yil davomida Nyu-York metrosi foydalanuvchilari uchun bitta navigatsiya tizimi xizmat qilib kelyapti. “The New York City Transit Authority Graphics Standards Manual”, deb nomlangan qoʻllanmaning rasmlarini koʻrish va Amazonʼdan sotib olish ham mumkin. 7

2016-yilda Frenk Andervud Netflixʼda saylanayotgan edi. 8

Brodveyda Matilda qoʻyilayotgandi. 10

Apple News reklama qilinishi boslangandi. 16

Metro bekati ichi. Poyezdlarning keladigan vaqti yuqoridagi ekranda koʻrsatiladi. 3

Pastdagi ekranda koʻproq poyezdlar koʻrsatiladi. 20

Bekat nomi ustunlarga yoziladi va tezda bekat nomini topishga yordam beradi. 22

Koʻp bekatlarning nomi keramikadan mozaika qilib yozilgan. Vikipediyaning aytishicha, mozaikalar 1904-yilda oʻrnatilishi boshlangan. 26

Keramikadan maxsus sanʼat yaratilgan joylar ham uchraydi. 9

Metrodagi skameykalar boʻlaklarga ajratilgan. 17

Aytgandek, metroda WiFi tarmogʻi bor va internet bepul. 18

Eskirgan ustunlar buzilganligicha qolgan. 19

Poyezd yoʻliga yaqin joyga taktil material qoʻyilgan. Bu sirgʻanib ketmaslikning oldini ham oladi. Yana metroda kalamushlarni uchratish mumkin. 4

Rejalashtirilayotgan oʻzgarishlar alohida stendda. 21

Baʼzi eʼlonlar Nyu-Yorkdagi aholi foydalanadigan chet tillarda ham yozilgan. Ruschasi ham mavjud. 30

Vagon ichida metroning katta xaritasi. 5

Keyingi bekat nomi kichik ekranda koʻrsatiladi. 6

Vagonning yuqori-yon tarafidagi ekranda kelayotgan bekatlar koʻrsatiladi. 29

Uysiz odamning vagon ichidagi burchagi. 28

Metrodan chiqish. 13

Albatta, metro yoʻllarining qanchadir qismi shaharning yuqorisidan oʻtadi. 25

Va ularning bekatlari xuddi avtobus bekatlaridek. Binolar ham poyezd yoʻllariga juda yaqin joylashgan. 26

Yana yaxshi fotolar Instagram akkauntimda tez-tez paydo boʻladi. Telegram kanalimga ham yoziling: https://t.me/FarLives

Telegram