Yoʻlda: Kanzas-Siti → Denver. Iyun 2016.

2016-yilning iyunida bir nechta tanishlarim bilan Kanzas-Sitidan Denver shahriga minivenda sayohat qildik. AQShning katta yoʻllariga birinchi marta chiqayotganim uchun baʼzi narsalar menga qiziq tuyuldi. Albatta, AQShda yoʻl safari (road trip) odamni zeriktirmaydi: yilning har qanday paytida Amerikaning qismlarida toʻrtala fasl ham mavjud. Infrastruktura odamlar uchun qulay qilingani va odamlarda mashina haydash madaniyati yaxshi rivojlangani uchun bunaqa safarlar nisbatan yoqimli oʻtadi.

AQShda shtatlarni bir-biriga ulaydigan (shtatlararo) avtomagistrallar mavjud. Inglizchasiga bular “interstate highway” deyiladi. Bunaqa magistrallarning alohida tizimi ham mavjud:

File:Map of current Interstates.svg

Yuqorida magistrallarning tizimi deyilishi shunchaki gap emas: yoʻllarning nomlarini qanaqa koʻrsatish, yoʻnalishlar, ogohlantirishlar, belgilar — hammasi standartlashtirilgan. Bu yerda PDF qoʻllanmasi: mutcd.fhwa.dot.gov/SHSm/Guide.pdf. Masalan, mashhur tarixiy 66-yoʻl ikonkasi bunaqa:

U.S. Route 66 marker

Kanzas-Siti va Denver shaharlarini ham shunaqa magistral ulaydi: I-70. Bu yoʻl Yuta shtatida boshlanib Merilend shtatida tugaydi. Bunaqa magistrallar faqat mashinalar yurishi uchun moʻljallangan — ularning chetida trotuar yoʻq va koʻp holatlarda piyodalar yurishi taqiqlanadi ham. Shu kabi magistrallar shahar ichidan oʻtganda esa ular piyodalar va kichikroq yoʻllarga xalaqit bermaydigan qilib quriladi. Masalan, shu 70-magistral bilan kesishadigan yoʻllar magistral ustidan oʻtadi va piyodalarga qulaylik uchun kichik yoʻl darajasi yer bilan deyarli bir xil qilinadi (piyodalar tushib chiqmaydi): Google Street View. 70-magistral ikonkasi bunaqa:

Interstate 70 marker

Xullas, shu 70-magistraldan Denver tomonga qarab yoʻl oldik.

AQShdagi magistrallarda joylashgan yoqilgʻi quyish shahobchalarining (gas station) hammasida magazin mavjud va ular, odatda, 24 soat ishlaydi. Qiziq tomoni, haligacha shunaqa magazinlarda CD/DVD-disklar sotiladi. Sotilganda ham bular qanaqadir qoʻshiqlar yoki filmlarmas, audiokitoblar! Yuk mashinasi haydovchilari uchun juda foydali.

1

Yoʻlni tuzatish ishlari olib borilyapti.

2

Yangi asfalt. Shu yerda eʼtibor berish lozim boʻlgan ikkita detal bor. Birinchisi: magistralning oʻrtasiga hech qanaqa toʻsiq qoʻyilmagan — shunchaki yer va oʻsimliklar. Ikkinchisi: yoʻlning chap chetiga eʼtibor berilsa, ataylab qirilgan boʻlak bor — inglizchada “rumble strip” (guldurovchi tasma?) deyiladi. Bu qirilgan joyning vazifasi haydovchini yoʻlning qatnov qismidan chiqayotgani haqida ogohlantirish. Shu joyda mashina harakatlanganda ovoz chiqib mashinada vibratsiya boʻladi. Uxlab qolayotgan haydovchilarga ham foydali ogohlantirish bu.

3

Qanaqa yasalishiga eʼtibor bering: https://youtu.be/lGt2OsLPUVE. Minnesota shtatining mahalliy yoʻllarni oʻrganish kengashi esa juda tushunarli video tayyorlashgan (quyida). Shu videodagi injenerning gapi yoqdi: guldurovchi tasmalar sarflangan harajatni qoplaydi chunki odamning hayotining bahosi yoʻq. Yana bular yoʻlning chetigamas, oʻrtasidagi chiziqqa ham qoʻyisharkan.

Magistrallar kichik aholi punktlarini aylanib oʻtadi. Shuning uchun, safar davomida yoʻldan nariroqda joylashgan aholi punktlarini kuzatish mumkin.

4

Fermerlar suv kechib yer sugʻormas ekan. Alohida suvni effektiv ravishda, baʼzida oʻgitlari bilan sochib beradigan maxsus mashinalar bor. Ular uzun (baʼzida ekin dalasining uzunligi bilan bir xil) va faqat ikki tomonga (oldga, ortga) harakat qilishadi. Video: https://youtu.be/AlyvWK_VAwk

5 6

Yoʻlning eng ajoyib qismi shamol elektrostansiyalari paydo boʻlganda boshlanadi.

7

Shunchaki uzoqdan kichkina boʻlib koʻrinishni boshlagan elektrostansiyalar yaqin kelganda juda balandligi seziladi. Ayniqsa, ular bir nechta turganda yoʻlga juda futuristik ruh beradi.

8

Orada kichikroq daraxtzor, oʻrmon yoki koʻlcha uchrab turishi tabiiy. Hamma joy dala emas.

9

Qanaqadir sisternalar.

10

Shamol elektrostansiyalari xuddi laylak uyalariga oʻxshab dalalarning ichidan chiqib turishi qiziq.

11

Osmon va bulutlar.

12

Video:

379-mil.

13

Tasodifan neftni burgʻulab oladigan qurilmalar ham uchrab qoladi.

14 15

Denver shahriga kirib kelish.

16

Denver va umuman Kolorado shtatida aktiv dam oluvchilar uchun sharoit zoʻr. Shaharga kiraverishda bir qancha golf maydonlari mavjud.

AQShda isteʼmol qilish biznesi juda katta. Buning bir qismi sifatida katta-katta gipermarketlarni keltirish mumkin.

❖ ❖ ❖ ❖ ❖

YouTubeʼda kanal ham ochdim, hozircha passiv ravishda sayohatlarda olgan videolarni qoʻyishni boshladim: https://www.youtube.com/channel/UCAr65bKV6OQ4M8vXV2yeqCw

Telegram