Ushbu klaviatura terilmalari Ilya Birmanning tipografik terilmasi asosida yaratilgan. Imkoni boricha original va Birman sxemasidagi belgilar saqlab qolingan.
Ushbu klaviatura terilmalari oʻzbekcha alifbolardagi harflar va belgilarni Ilya Birman tipografik terilmasi bilan birlashtiradi. Ilya Birman terilmasi turli maxsus belgilarni oson kiritish imkoniyatini beradi. Masalan, Alt
va <
orqali «
belgisini terish mumkin.
Lotin alifbosi
Ushbu terilmada asosiy eʼtibor qaratilgan:
- Oʻ va Gʻ harflari uchun ishlatiladigan ʻOkina (modifier letter turned comma) belgisi apostrof oʻrniga qoʻyilgan: bu belgi tipografik tomondan birtirnoqdan koʻra toʻgʻri: tinish belgisimas va soʻzni boʻlmaydi;
- tutuq belgisi uchun qoʻllaniladign modifikator apostrof (modifier letter apostrophe) “gravis” oʻrniga qoʻyilgan (
esc
tagiga): bu belgi ham yuqoridagi kabi tipografik tomondan toʻgʻri; - ushbu terilma 1993-yildagi oʻzbek va hozirgi turk, ozarbayjon, turkman alifbolarida ishlatiladigan harflarni ham oʻz ichiga olgan: Ŏ, Ğ, Ş, Ç, İ (
alt
bilan teriladi).
Qolgan barcha oʻzgarishlar quyidagi illyustratsiyada keltirilgan:
Kirill alifbosi
Ushbu terilma kirill alifbosi uchun yechadigan muammolari:
- macOS uchun bunaqa terilma umuman mavjud emas;
- Ғ va Ҳ harflari
-
,_
,+
,=
belgilarni qulay terish imkoniyatini bermaydi, qiyin; ushbu terilma esaalt
orqali ularni terish imkoniyatini beradi; - Ў va Қ harflari almashtirgan ruscha harflarni ham yuqoridagi kabi terish mumkin;
Oʻrnatish
macOS
- Yuklab oling: macOS uchun
- Yuklab olingan Uzbek Keyboard Layouts.dmg faylini oching.
- Uzbek Keyboard Layouts.bundle faylini Drag here to install nomli yorliqqa yuboring (faylni sudrab yorliq ustiga tashlaysiz).
- System Preferences ichidan Keyboard → Input Sources ekraniga oʻtasiz.
+
tugmasini bosib roʻyxatdan yangi terilmalarni qoʻshasiz (xuddi boshqa terilmalarni qoʻshgandek). Ushbu terilmalar roʻyxatda oʻzbek tili sifatida chiqadi.
Windows
- Yuklab oling: Windows uchun
- Arxivni ochganingizdan soʻng ikkita papka paydo boʻladi: uzbek-cyrillic-typography-layout-2.0 va uzbek-latin-typography-layout-2.0.
- Mos papkaga kirib
setup.exe
faylini ishga tushirasiz. - Kompyuterni oʻchirib yoqish talab qilishi mumkin.
Talab va takliflar → far@farhodjon.com