Tas-IX Checker 2.0

Saytlarni Tas-IX tarmogʻida joylashganligini avtomatik tekshiradigan kengaytma (Google Chrome)

Oʻrnatish

Brauzerlarning mos magazinlariga qoʻyilgan:

 Google Chrome 23+  Opera 16+

Ishlash prinsipi

Foydalanuvchi turli saytlarga tashrif buyurishida saytni Tas-IX tarmogʻida joylashganligiga qarab brauzer panelida mos indikator koʻrsatiladi:

  • sayt tekshirilyapti yoki lokal/maxsus sahifa: tekshirilyapti
  • sayt Tas-IX tarmoʻgidan tashqarida: tekshirilyapti
  • sayt Tas-IX tarmogʻida joylashgan: tekshirilyapti

2-versiya

Kengaytmaning ikkinchi versiyasi server ishtirokini talab qilmaydi. Hamma saytlar lokal tekshiriladi va brauzerning bitta seansida keshlanadi. Shuning uchun, ishlashi tez. Avvalgi versiyadagi kabi tabdagi manzil oʻzgarishinimas, global soʻrovlarni kuzatadi (faqat tab ichidagi), keshlangan domenlar qayta tekshirilmaydi.

Oyda bir marta Tas-IX tarmogʻining tarmoq oraliqlarini yangilab turadi.

Ushbu versiya Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yillik bayramiga bagʻishlanadi.

Kodi ochiq

 github.com/farhodjon/tasix-checker

Takliflar → far@farhodjon.com

Telegram