Alifbo boʻyicha soʻrovnoma natijalari

Fevralda alifbo boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazgandim:

Muhrimning yordami bilan unda 1517 ta odam ishtirok etdi. Natijaga qaraganda, koʻpchilik hozirgi lotin alifbosini tanlayapti. Keyin yana ikkita soʻrovnoma odamlarning tanloviga qarab yoshini aniqlashga yordam berdi:

Taxminan qilgan xulosamga yaqinroq natija boʻldi: yoshlar lotin alifbosini, yoshi kattaroqlar kirill alifbosini tanlashyapti. Va lotin alifbosini hozirgi holati koʻpchilik uchun “ok”. Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi: uni modernizatsiya qilish kerakmi?

2014-yilda alifbo muammosi haqida yozganimda bitta xatoga yoʻl qoʻygan ekanman: bizning lotin alifbomizdagiga oʻxshagan harflar boshqa alifbolarda mavjudligini bilmaganman. Vikipediyadagi lotin yozuviga asoslangan hamma alifbolar roʻyxatini ochamiz: List of Latin-script alphabets. Shu sahifada qoʻshimcha harflar boʻlimiga oʻtib, u yerda quyidagi harflarni koʻramiz: ď ģ ļ ʼn ņ ơ ť.

Harflar

Bu harflardayam lotin alifbosiga noodatiy belgilar ishlatilgan. Lekin bizning alifbodan asosiy farqi — bu harflar yagona belgi, bizning oʻ va gʻ kabi ikkita begidan iborat emas. Bu harflar yagona belgilar sifatida oʻtgan asrning 90-yillaridayoq Yunikodga kirib boʻlgan.

Yana bu harflar atrofdagi harflarga xalaqit berib oʻqishni qiyinlashtirmaydi. Yaʼni, kerning yaxshi.

Kerning

Shundan kelib chiqib, oʻylash mumkin: balki, va harflarini sal normallashtirib alohida harf sifatida Yunikodga qoʻshvorarmiz? Sh va ch esa qolaversin. Ingliz tilida ham bu tovushlar mavjud, lekin alifbosida alohida harflar ajratilmagan.

Lekin Yunikod bu harflarni chiqarishi uchun 2-3 yil, keyin operatsion tizimlar, shriftlar ham yangi harflarni qoʻllab-quvvatlashiga ancha vaqt ketadi. Hozirgi holat uchun ideal: bu harflarni bor belgilarga almashtirish boʻlishi mumkin.

Aytgandek, Zoʻr TV kerning muammosini zoʻr hal qilgan. Logotipni qilgan dizaynerga tasanno:

Zoʻr TV

Telegram