Lutfiy saylgohi

Orada Toshkent shahridagi eng ajoyib yechimlardan birini oʻtkaz yuboribman (miz). Adolatni tiklash vaqti keldi.

Hamma eslasa kerak, yaqin vaqtlargacha Toshkentda tramvay boʻlgan. 115-yillik tarixga ega boʻlgan tramvay 2016-yil 2-mayda toʻxtatilgan. Bu yerda soʻnggi kuni haqida: Ташкентский трамвай. Последние 10 минут… Kimdir tramvay.uz degan sayt ham qilgan ekan.

Bu yechim oʻz-oʻzidan tramvay yoʻllarining oʻrniga nima qilish mumkin, degan savolni tugʻdirgan. Afsuski, hokimiyat koʻp joylarda juda oson yoʻlni tanlagan: tramvay izlarini olib tashlab, yoʻlni kengaytirishgan xolos. Bunaqa keng yoʻllarning odamlarning hayotiga xavfi haqida toʻxtalishim shartmas — Varlamov bu haqida juda koʻp yozgan.

Lekin bitta koʻchada Toshkent hokimiyati juda aqlli yechim qilgan: Lutfiy koʻchasida tramvay yoʻlining oʻrnini uzun sayilgohga (skverga) aylantirgan. Bu juda va juda maqtovga sazovor!

Eski tramvay yoʻli Muqimiy koʻchasidan Oqtepa maydoniga kelib, keyin Lutfiy koʻchasi orqali Katta Qaʼni koʻchasiga ketgan. Katta Qaʼni koʻchasida hatto tramvay deposi ham boʻlgan. Quyida Электротранспорт Узбекистана saytidan olingan sxema:

Tramvay sxemasi

Lutfiy koʻchasining Farhod bozoridan boshlanib Katta Qaʼniga tutashadigan joyigacha Lutfiy sayilgohi qilingan. Sayilgoh yoʻlning oʻrtasida (xuddi A.Qodiriy koʻchasidagi kabi).

1

Kattaroq daraxtlarning qolganiga eʼtibor bersak, avvalgi qatnov yoʻli kengaytirilmagan. Bu koʻchada tramvay yoʻli atrofida daraxtlar boʻlardi.

2

Sayilgoh rostdan ham bemalol sayr qiladigan hudud.

3

Ayniqsa, atrofdagi mavzelarda yashaydigan odamlar Farhod bozoridan savdo qilib piyoda qaytishlari mumkin. Yoki bolalar rolik, velosiped kabilarda sayr qilishsa boʻladi.

4

Chiqindi qutilari.

5

Oʻrindiq. Oʻrtasiga yashil oʻsimlik ekilgani zoʻr.

6

Piyodalar oʻtish joylari himoya qilinga. Aks holda, baʼzi shovvozlar mashinalar tirband paytida shu sayilgohdan ham kesib oʻtishadi.

7

Sayilgoh rostdan ham uzun. Masalan, Farhod bozorining yonidan boshlanadigan qismi deyarli 700 metr. Aytgandek, negadir daraxtlar yashil, sariq va oq ranglarga boʻyalgan.

8

Hatto chiqish joylarining sxemasi ham keltirilgan!

9

Sayilgoh tunda ham yoritilgan.

10

Manavi oʻrindiqlar juda ajoyib ishlangan. Bolalar ham qiziqib oʻynashi mumkin.

11

Sayilgohning yuqori qismiga uzun qilib chiroqlar qoʻyilgan.

12

Manavi maxsus joylarda, menimcha, doʻkonlar ochiladi kelajakda.

13

Hokimiyat boshqa tramvay yoʻllaridan ham shunaqa ajoyib usulda foydalanmagani hayron qoldiradi. Toshkent umuman boshqa shaharga aylanardi!

Yagona kamchilik sifatida chiqish yoʻllarining xavfsizligi yaxshi taʼminlanganini aytishim mumkin. Bu koʻchada, odatda, mashinalar nisbatan tezroq yuradi va baʼzi chiqishlarda piyodalar oʻtish belgisi qoʻyilmagan. Sayilgohdan chiqishni uzoq kutish lozim boʻladi. Balki, buni tuzatishadi.

Gʻoya kimdan chiqqan boʻlsa ham barakalla!

Aytgandek, sayilgohlarni baʼzida parklardan yaxshiroq deb hisoblayman:

  1. Park har doim ham mavze yonidamas. Sayilgohlarni esa koʻp mavzelarning atrofida qursa boʻladi.
  2. Parklar tunda yopiladi. Sayilgohlar esa — yoʻq.

Nostalgiya sifatida Toshkent tramvayining eski fotolarini koʻrish mumkin: Ташкентский трамвай, часть 1, часть 2.

Telegram